Suriya prezidenti Ahmad ash-Sharaa yangi banknotlarni taqdim etdi, ular 2024 yil dekabrda hokimiyatdan ag‘darilgan Bashar Asad va uning oilasi tasvirlangan eski pullarning o‘rnini egallaydi, deya ma’lum qildi agentlik.
"Bashar Asadning portreti 2000 funtlik banknotada, uning otasi Hofiz Asadning portreti esa 1000 funtlik banknotada joylashtirilgan edi. 10 dan 500 Suriya funtigacha bo‘lgan yangi banknotalar 1 yanvardan muomalaga kiritiladi. Ularda Damashq atirguli, bug‘doy boshog‘i, zaytun, apelsin va boshqalar tasvirlangan", deb xabar beradi AFP.