Bugun 20 sentyabr, 2026 yil, yakshanba

КИР

Superliganing 17-tur o‘yinlarini qariyb 68 ming muxlis stadiondan kuzatdi

Superliganing 17-tur o‘yinlarini qariyb 68 ming muxlis stadiondan kuzatdi

O‘zbekiston Superligasining 17-tur uchrashuvlariga tashrif buyurgan muxlislar soni e’lon qilindi. Turning 8 ta bahsini stadionlardan jami 67 924 nafar tomoshabin kuzatdi.

Eng yuqori ko‘rsatkich Andijonda qayd etildi. «Bobur arena»da o‘tgan «Andijon» — «Neftchi» uchrashuviga 19 170 nafar muxlis tashrif buyurdi. «Navbahor» — «Bunyodkor» bahsini esa Namangan markaziy stadionida 18 782 nafar tomoshabin kuzatdi.

Qolgan o‘yinlardagi tashrif ko‘rsatkichlari quyidagicha bo‘ldi: «Buxoro» — OKMK — 7 440, «Dinamo» — «Xorazm» — 7 328, «Nasaf» — «Paxtakor» — 6 370, «Qizilqum» — «Mash’al» — 5 147, «Qo‘qon-1912» — «Lokomotiv» — 3 600 nafar.

Turning eng past ko‘rsatkichi OKMK sport majmuasida o‘tgan «Surxon» — «So‘g‘diyona» bahsida qayd etildi — uchrashuvni atigi 87 nafar muxlis stadiondan tomosha qildi.

17-turda har bir o‘yinga o‘rtacha 8 491 nafardan muxlis to‘g‘ri keldi.

Superliganing 17-tur o‘yinlarini qariyb 68 ming muxlis stadiondan kuzatdi

Kiritildi: 16:52 17.08.2026. O'qildi: 726 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!