Superligada bugun 29-turning so‘nggi ikki o‘yini o‘tkaziladi.
"So‘g‘diyona" o‘z maydonida "Bunyodkor"ni qabul qilsa, "Neftchi" Farg‘onada "Qizilqum"ni mehmon qiladi.
Farg‘onaliklar o‘z o‘yinlarida g‘alaba qozonsa, muddatidan avval chempionlikni rasmiylashtirishi mumkin.