Bugun 20 sentyabr, 2026 yil, yakshanba

КИР

Superligada bugun 4 ta uchrashuv bo‘lib o‘tadi

Superligada bugun 4 ta uchrashuv bo‘lib o‘tadi

O‘zbekiston Superligasida bugun, 20 sentyabr kuni 22-tur bahslari davom ettiriladi.

Kun dasturidan jami 4 ta uchrashuv o‘rin olgan. Dastlab soat 17:15 da "Andijon" o‘z maydonida "Nasaf"ni qabul qiladi.

Soat 18:00 da "Surxon" va "Qo‘qon-1912" jamoalari o‘zaro bahs olib boradi. Keyinroq, 19:00 da "So‘g‘diyona" OKMK bilan kuch sinashadi.

Kunning so‘nggi uchrashuvida esa "Lokomotiv" chempionlik uchun kurashayotgan "Neftchi"ni qabul qiladi. Ushbu bahs soat 19:30 da boshlanadi.

Eslatib o‘tamiz, kecha "Paxtakor" "Mash’al"ni 2:1 hisobida mag‘lub etib, 49 ochko bilan turnir jadvali peshqadamligiga ko‘tarilgan edi. "Neftchi" esa 48 ochko bilan ikkinchi o‘rinda bormoqda.

20 sentyabr. Superliga, 22-tur:

"Andijon" — "Nasaf" — 17:15
"Surxon" — "Qo‘qon-1912" — 18:00
"So‘g‘diyona" — OKMK — 19:00
"Lokomotiv" — "Neftchi" — 19:30

Kiritildi: Bugun 10:08. O'qildi: 238 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!