O‘zbekiston Superligasida bugun, 21 sentyabr kuni 22-tur bahslariga yakun yasaladi.
Turning so‘nggi uchrashuvida "Xorazm" o‘z maydonida "Qizilqum"ni qabul qiladi. Bahs soat 20:15 da start oladi.
22-turning qolgan uchrashuvlari allaqachon o‘tkazib bo‘lindi. "Navbahor" "Dinamo"ni 3:2, "Paxtakor" "Mash’al"ni 2:1, "Bunyodkor" "Buxoro"ni 2:1 hisobida mag‘lub etdi.
Shuningdek, "Nasaf" safarda "Andijon" ustidan 4:1 hisobida yirik g‘alaba qozondi. "Surxon" "Qo‘qon-1912"ni 1:0, OKMK esa "So‘g‘diyona"ni 2:1 hisobida yengdi. "Neftchi" Toshkentda "Lokomotiv"dan 1:0 hisobida ustun keldi.
Ayni paytda turnir jadvalida "Neftchi" 22 ta o‘yindan keyin 51 ochko bilan peshqadamlik qilmoqda. "Paxtakor" 49 ochko bilan ikkinchi, "Navbahor" esa 44 ochko bilan uchinchi o‘rinda bormoqda.
OKMK va "Lokomotiv" hisobida 35 tadan ochko bor. "Nasaf" 34 ochko bilan 6-, "Buxoro" xuddi shuncha ochko bilan 7-pog‘onada joylashgan.
Bugun maydonga tushadigan "Qizilqum" 21 ta o‘yindan keyin 26 ochko bilan 11-o‘rinda bormoqda. "Xorazm" esa 21 ochko bilan 14-pog‘onani egallab turibdi.
21 sentyabr. Superliga, 22-tur:
"Xorazm" — "Qizilqum" — 20:15