O‘zbekiston Superligasining 20-turi 2026 yilgi mavsumning hozirgacha eng sermahsul turiga aylandi.
Liga taqdim etgan statistikaga ko‘ra, tur doirasidagi 8 ta uchrashuvda jamoalar jami 29 ta gol urishdi. Bu joriy chempionatda bir turda qayd etilgan eng yuqori ko‘rsatkichdir.
Ayniqsa, "Nasaf" — "Neftchi" uchrashuvi sermahsul o‘tib, qarshiliklar 6:2 hisobida g‘alaba qozondi. "So‘g‘diyona" "Mash’al"ni 5:2, "Qizilqum" esa "Buxoro"ni 3:2 hisobida mag‘lub etdi. "Paxtakor"ning "Andijon" ustidan 3:0 hisobidagi g‘alabasi ham turdagi gollar soni oshishiga hissa qo‘shdi.
Bunga qadar mavsumdagi eng sermahsul ko‘rsatkich 13 va 17-turlarga tegishli bo‘lib, ularda 28 tadan gol urilgandi. 20-tur esa 29 ta gol bilan yangi mavsum rekordini o‘rnatdi.