O‘zbekiston Superligasi 6-turi doirasida "Qizilqum" Qarshida "Neftchi"ni qabul qildi.
"Nasaf" markaziy o‘yingohida o‘tkazilgan navbatdagi uchrashuvda "Qizilqum" chempionlik uchun asosiy da’vogarlardan biriga qarshi saf tortdi.
Bellashuvning 23-daqiqasida Shoxruz Norxonov hisobni ochgan bo‘lsa, 90+3-daqiqada Shahboz Jo‘rabekov hisobni tenglashtirib, jamoasini mag‘lubiyatdan qutqarib qoldi – 1:1.
Shu tariqa, "yo‘lbarslar" 10 ochko bilan 3-o‘ringa ko‘tarildi, "Qizilqum" esa 8 ochko bilan 8-o‘rinda bormoqda.