Bugun 26 iyul, 2025 yil, shanba

КИР

Superliga. «Dinamo» mavsumdagi ilk mag‘lubiyatini «Bunyodkor»dan qabul qilib oldi

Superliga. «Dinamo» mavsumdagi ilk mag‘lubiyatini «Bunyodkor»dan qabul qilib oldi

O‘zbekiston chempionatida 13-turning so‘nggi bahsida «Bunyodkor» jamoasi safarda «Dinamo» bilan kuch sinashdi. Uchrashuvda toshkentliklar 3:0 hisobida zafar quchdi.

Mehmonlar safida ilk ikki gol muallifligi Abduxoliqovga tegishli bo‘lsa, so‘nggi gol Abdusalomov nomiga yozildi.

Qayd etish kerakki, Vadim Abramov shogirdlari bu mavsum Superligada mag‘lubiyat nimaligini bilishmayotgandi. Bundan tashqari, jamoa 12 o‘yinlik mag‘lubiyatsiz seriyasini davom ettirib kelayotgan edi.

Ushbu natijadan so‘ng Zeytullayev shogirdlari 21 ochko bilan 7-o‘rinda qoldi. Samarqand klubi esa 25 ochko bilan 2-pog‘onani band etgan.

Superliga. 13-tur. 23 iyun
Dinamo — Bunyodkor 0:3
Gollar: Temurxo‘ja Abduxoliqov 10, 45+1 (dubl), Nosir Abdusalomov 46.

Kiritildi: 23:50 23.06.2025. O'qildi: 674 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!