Bugun 28 aprel, 2026 yil, seshanba

КИР

Superliga, 10-tur: Bugun «Paxtakor» va «Nasaf» o‘rtasidagi markaziy bahs bo‘lib o‘tadi

Superliga, 10-tur: Bugun «Paxtakor» va «Nasaf» o‘rtasidagi markaziy bahs bo‘lib o‘tadi

Futbol bo‘yicha O‘zbekiston Superligasining 10-tur bahslari qizg‘in pallaga kirdi. Bugun, 28 aprel kuni tur doirasida yana uchta qiziqarli uchrashuv o‘tkaziladi.

Kun dasturi soat 19:00da start oladi. Andijondagi «Bobur Arena» stadionida mahalliy «Andijon» jamoasi Samarqandning «Dinamo» klubini qabul qiladi. Shu bilan bir vaqtda Jizzaxda «So‘g‘diyona» hamda Termizning «Surxon» jamoalari o‘rtasidagi uchrashuvga start beriladi.

Turning markaziy bahsi

Shubhasiz, futbol ishqibozlarining asosiy e’tibori Toshkentga qaratiladi. Soat 20:00da turnir jadvali peshqadamlaridan biri — «Paxtakor» o‘z maydonida Qarshining «Nasaf» jamoasi bilan kuch sinashadi.

Mazkur uchrashuv Sport TV telekanali orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri efirga uzatilishi rejalashtirilgan.

Superliga. 10-tur 28 aprel (seshanba)

  • 19:00 | «Andijon» — «Dinamo» (Futbol TV)

  • 19:00 | «So‘g‘diyona» — «Surxon»

  • 20:00 | «Paxtakor» — «Nasaf» (Sport TV)

Superliga, 10-tur: Bugun «Paxtakor» va «Nasaf» o‘rtasidagi markaziy bahs bo‘lib o‘tadi

Superliga, 10-tur: Bugun «Paxtakor» va «Nasaf» o‘rtasidagi markaziy bahs bo‘lib o‘tadi

Kiritildi: Bugun 10:57. O'qildi: 285 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!