Bugun 19 may, 2025 yil, dushanba

КИР

Sun’iy intellekt uchun atom energetikasi zarurmi?

Sun’iy intellekt uchun atom energetikasi zarurmi?

Amazon kompaniyasining bulutli xizmatlar bo‘limi — Amazon Web Services (AWS) rahbari Mett Garmanning ta’kidlashicha, Buyuk Britaniya sun’iy intellekt texnologiyalari uchun zarur bo‘lgan ma’lumot markazlarini energiya bilan ta’minlash maqsadida atom energetikasiga ko‘proq e’tibor qaratishi lozim.

Uning so‘zlariga ko‘ra, yadroviy energiya — bu ma’lumot markazlari uchun beziyon, 24 soatli ishonchli energiya manbai hisoblanadi.

AWS kelasi to‘rt yil ichida Buyuk Britaniyada yangi ma’lumot markazlarini qurish uchun 8 mlrd funt sterling sarflashni rejalashtirmoqda. Hozirda mamlakatdagi 500 ta ma’lumot markazi umumiy elektr energiyasining 2,5 foizini iste’mol qilmoqda. Bu ko‘rsatkich 2030 yilga kelib 6 foizga yetishi mumkin. Ayni paytda Irlandiyadagi 80 ta markaz mamlakat elektr energiyasining 21 foizini iste’mol qilmoqda va bu raqam 30 foizgacha o‘sishi kutilmoqda.

Fransiyaning EDF kompaniyasi hozirda Somersetdagi Hinkli Poyntda yangi yadroviy stansiya qurmoqda. Shuningdek, Sayzvelda yana bir stansiya qurish bo‘yicha qaror qabul qilinishi kutilmoqda. EDFning Buyuk Britaniyadagi rahbari Aleks Chisholmning ta’kidlashicha, «ma’lumot markazlari katta miqdorda ishonchli energiyaga muhtoj bo‘ladi». Uning so‘zlariga ko‘ra, Hinkli Poynt stansiyasini ko‘paytirish va kichik modulli reaktorlarni joriy etish Britaniyaning raqamli iqtisodiyotini quvvatlashga yordam beradi.

Amazon kompaniyasi AQShning Vashington va Virjiniya shtatlarida SMR texnologiyalarini rivojlantirish bo‘yicha hamkorlik qilmoqda. Buyuk Britaniyadagi Rolls-Royce kompaniyasi ham o‘zining SMR loyihalarini ishlab chiqmoqda. Bu texnologiyalar hali to‘liq amalga oshirilmagan bo‘lsa-da, ular ma’lumot markazlarining energiya ehtiyojlarini qondirishda muhim rol o‘ynashi mumkin.

Mett Garmanning ta’kidlashicha, sun’iy intellekt texnologiyalari internetdan keyingi eng katta transformasiyaviy texnologiyalardan biri bo‘lib, ular hayotimizning deyarli har bir sohasiga ta’sir ko‘rsatadi. Uning so‘zlariga ko‘ra, har bir daqiqada yangi bizneslar sun’iy intellektni joriy qilmoqda va bu jarayon kelajakda yanada tezlashishi mumkin.

Kiritildi: 09:08 17.05.2025. O'qildi: 495 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!