"Rossiya prezidenti Vladimir Putin rus qo‘shinlari 2025 yil oxirigacha Ukrainaning mudofaa chizig‘ini yorib o‘tib, Rossiya da’vo qilayotgan sharqdagi to‘rt viloyatni to‘liq nazoratga olishiga ishonmoqda", deb xabar bermoqda agentlik Putinning pozisiyasidan xabardor manbaga tayanib.
"Garchi harbiy harakatlarni to‘xtatish haqida ko‘plab suhbatlar bo‘layotgan bo‘lsa-da, Putin zarur bo‘lsa, o‘z maqsadlariga erishish uchun uzoq davom etadigan urushga tayyor va AQSh tomonidan kutilayotgan yangi sanksiyalarni optimistik tarzda qarshi olmoqda", — deb ma’lum qilgan Kremlga yaqin manba.
Londondagi Xalqaro strategik tadqiqotlar instituti katta ilmiy xodimi Ben Barri Rossiyaning yil oxirigacha Ukraina sharqidagi to‘rt viloyatni nazorat ostiga olishini ehtimoldan yiroq deb hisoblaydi. Bu shubhani Rossiya Mudofaa vazirligiga yaqin manba ham tasdiqlagan. Uning aytishicha, ukrain dronlari sababli Rossiya qo‘shinlarining keng ko‘lamli hujum amaliyotlari juda qimmatga tushmoqda va samarasiz bo‘lib qolmoqda.