Bugun 6 may, 2024 yil, dushanba

КИР

So‘nggi oyda yurtimizda xorijiy avtomobillarni sotib olish soni keskin oshdi

So‘nggi oyda yurtimizda xorijiy avtomobillarni sotib olish soni keskin oshdi

2022 yilning yanvar-aprel oylarida O‘zbekistonga 21 ta xorijiy davlatdan qiymati 280,4 mln AQSh dollariga teng bo‘lgan 12 017 ta yengil avtomobil import qilingan. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi ma’lum qildi.

Engil avtomobillar importi o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 6113 taga yoki 2 baravarga oshgan.

Avtomobil importining oylar kesimidagi hajmi:

• yanvar – 3037 ta;
• fevral – 2911 ta;
• mart – 2560 ta;
• aprel – 3509 ta.

4 oyda O‘zbekiston yengil avtomobillarni eng ko‘p import qilgan davlatlar:

• Xitoy – 6100 ta;
• Koreya – 2971 ta;
• Qozog‘iston – 1849 ta;
• Rossiya – 848 ta;
• AQSh – 80 ta;
• BAA – 47 ta;
• Yaponiya – 45 ta;
• Germaniya – 31 ta;
• Tailand – 10 ta;
• Gonkong – 10 ta.

Kiritildi: 11:23 21.05.2022. O'qildi: 2018 marta. Fikrlar soni: 3 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!