Bugun 27 may, 2025 yil, seshanba

КИР

So‘nggi ikki hafta ichida 1600 dan ortiq kishi Germaniyaga kirishda rad javobini oldi

So‘nggi ikki hafta ichida 1600 dan ortiq kishi Germaniyaga kirishda rad javobini oldi

So‘nggi ikki hafta ichida 1600 dan ortiq kishi Germaniyaga kirishda rad javobini oldi.

Bu haqda Germaniyaning Focys jurnali mamlakat Ichki ishlar vazirligi ma’lumotlariga tayanib xabar berdi.

May oyi boshida Germaniya ichki ishlar vaziri Aleksandr Dobrindt mamlakatning quruqlik chegaralarida nazoratni kuchaytirish haqida e’lon qilgan edi. Dobrindtning so‘zlariga ko‘ra, bu raqam uning vazifaga kirishishidan avvalgi davrga nisbatan 45 foizga ko‘p.

"Hozirgi raqamlar shundan dalolat beradiki, kuchaytirilgan chegara nazorati samara bermoqda", — dedi vazir jurnalga bergan intervyusida. Shu bilan birga, u bu choralar doimiy bo‘lmasligi kerakligini va "zaif guruhlar" uchun istisnolar amalga oshirilishini qayd etgan.

Germaniyaga qo‘shni davlatlarning ayrimlari ushbu choralarni tanqid qilgan. Shveysariya hukumati Berlin mazkur choralarni oldindan maslahatlashmasdan joriy etganidan "afsusda ekanini" bildirdi.

"Bu hech qanday ma’noga ega bo‘lmagan harakat. Yevropa Ittifoqining ichki emas, balki tashqi, ya’ni Polshaning sharqiy chegarasi kabi chegaralarini mustahkamlash zarur", — deya munosabat bildirdi Polsha bosh vaziri Donald Tusk.

Germaniya parlamentida muxolifatda bo‘lgan “Yashillar” partiyasi Ichki ishlar vazirini chegaralarda tartibsizliklarni yuzaga keltirganlikda aybladi. Partiya vazirlikka rasmiy so‘rov yuborib, Germaniyaga kirishning yangi qoidalari aniq tushuntirilishini talab qildi.

Kiritildi: 18:39 24.05.2025. O'qildi: 332 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!