«O‘zenergoinspeksiya» tomonidan joriy yilning fevral oyida o‘tkazilgan nazorat tadbirlarida iste’molchilar tomonidan energiya resurslaridan noqonuniy foydalanilgan 301 ta holat aniqlandi.
Unga ko‘ra, 12,8 mln kVt⋅soat elektr energiyasi (32,2 mlrd so‘m) va 15,8 mln metr kub tabiiy gaz (42,6 mlrd so‘m) talon-toroj qilinishi natijasida dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra jami 74,8 milliard so‘m zarar qayta hisob-kitob qilindi.
1️⃣ Shuningdek, iste’molchilar tomonidan energiya resurslaridan foydalanish qoidalarini buzish bilan bog‘liq huquqbuzarlik bo‘yicha 550 ta ma’muriy ish rasmiylashtirildi.