Britaniya bosh vaziri Rishi Sunakning idorasi, agar bu Britaniyaning o‘zi xavfsizligiga ta’sir qilishi mumkin bo‘lsa, London Kiyevga qiruvchi samolyotlarni bermasligini aytdi.
Bu haqda The Telegraph yozmoqda.
"Albatta, biz Buyuk Britaniya xavfsizligini xavf ostiga qo‘yadigan hech narsa qilmaymiz", dedi bosh vazir devonining vakili.