Bugun 7 iyun, 2025 yil, shanba

КИР

Sudyalar tomonidan sayyor uchrashuv o‘tkazildi

A A A
Sudyalar tomonidan sayyor uchrashuv o‘tkazildi

Toshkent shahar sudining fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlov hay’ati sudyalari Malika Zakirova, Anvar Yoriyev, fuqarolik ishlar bo‘yicha Shayxontohur tumanlararo sudi raisi Muqaddas Gulamova tomonidan tumanidagi “Charxnovza” mahalla fuqarolar yig‘inida “Oilada ayollar va bolalar huquqlari mavzusi yuzasidan uchrashuv tashkil etildi. Bu haqda Toshkent shahar sudi matbuot xizmati xabar qildi...

Uchrashuvda fuqarolik ishlar bo‘yicha Shayxontohur tumanlararo sudi raisi Muqaddas Gulamova “hech kim qiynoqqa solinishi, zo‘ravonlikka, shafqatsiz yoki inson qadr-qimmatini kamsituvchi boshqa tarzdagi tazyiqqa duchor etilishi mumkin emas”, deya shaxsiy huquq va erkinliklar bosh qomusimiz bo‘lgan Konstitusiyada mustahkamlab qo‘yilganligini takidladi. Shuningdek, amaldagi Oila kodeksida belgilangani kabi ota-ona hamda voyaga yetmagan bolalarning huquq va majburiyatlari, ularning shaxsiy mulkiy va nomulkiy huquqlari, ushbu huquqlarini amalga oshirish yuzasidan ham tegishli tushuntirishlar berib o‘tildi.

Shuningdek, Toshkent shahar sudining fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlov hay’ati sudyasi Malika Zakirova nikoh tuzish tartibi va shartlari, nikohdagi er-xotinlik huquq va majburiyatlari, oila a’zolarining o‘z huquqlarini amalga oshirishlari hamda o‘z majburiyatlarini bajarishlari oilaning boshqa a’zolari va o‘zga shaxslarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari yuzasidan tushuntirishlar berdi.

Uchrashuvda so‘z olgan Toshkent shahar sudining fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlov hay’ati sudyasi Anvar Yoriyev ayollarning uy-joy yuzasidan kelib chiqadigan nizolarga to‘xtaldi.

— O‘zbekiston Respublikasi Uy-joy kodeksining 32-moddasiga ko‘ra, uy, kvartira mulkdorining oila a’zolari, shuningdek u bilan doimiy yashayotgan fuqarolar, agar ularni ko‘chirib kelgan paytda yozma ravishda boshqa hol qayd etilgan bo‘lmasa, uydagi, kvartiradagi xonalardan mulkdor bilan teng foydalanishga haqli, - deya yuzaga kelayotgan muammolar, ularning huquqiy yechimlari yuzasidan uchrashuv ishtirokchilariga atroflicha ma’lumotlar berdi.

Uchrashuv so‘ngida sudyalar ishtirokchilarni qiziqtirgan savollarga to‘laqonli javob berishdi.

Sudyalar tomonidan sayyor uchrashuv o‘tkazildiSudyalar tomonidan sayyor uchrashuv o‘tkazildiSudyalar tomonidan sayyor uchrashuv o‘tkazildi

Kiritildi: 13:31 04.03.2022. O'qildi: 1958 marta. Fikrlar soni: 1 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!