Bugun 5 dekabr, 2024 yil, payshanba

КИР

Sudyalar Oliy kengashi tarkibi Senat tomonidan saylanishi mumkin

Sudyalar Oliy kengashi tarkibi Senat tomonidan saylanishi mumkin

«Sudlar faoliyatiga oid konstitusiyaviy kafolatlar kuchaytirilgani munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida»gi qonun loyihasi Qonunchilik palatasida muhokama qilindi.

Ushbu qonun bilan «O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi to‘g‘risida»gi qonunga Sudyalar Oliy kengashi tarkibi, Kengash raisi, rais o‘rinbosari, a’zolari va kotibi prezident taklifiga ko‘ra Oliy Majlis Senati tomonidan saylanishi, ayni bir shaxs surunkasiga ikki muddatdan ortiq Sudyalar Oliy kengashi raisi, rais o‘rinbosari etib saylanishi mumkin emasligi mustahkamlanmoqda.

Shu bilan birga, «Sudlar to‘g‘risida»gi qonunga odil sudlov faqat sudlar tomonidan amalga oshirilishi belgilanyapti. Shuningdek, shaxslarning nafaqat davlat organlari, balki boshqa tashkilotlarning ham qonunga xilof qarorlari, harakatlari va harakatsizligi ustidan sudga shikoyat qilish huquqi mustahkamlanmoqda.

Qonun loyihasi deputatlar tomonidan qo‘llab-quvvatlandi.

Kiritildi: 10:37 04.12.2024. O'qildi: 317 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!