Bugun 10 may, 2024 yil, juma

КИР

Sud’yalar oliy kengashi raisi deputat Rasul Kusherbayev ustidan arz qildi

Sud’yalar oliy kengashi raisi deputat Rasul Kusherbayev ustidan arz qildi

Sud’yalar oliy kengashi raisi Holmo‘min Yodgorov deputat Rasul Kusherbayev ustidan parlament etika komissiyasiga arz qilgan. Bu haqda Kusherbayev o‘zining "Telegram" kanalida ma’lum qilmoqda.

Da’vo sababi qilib deputat o‘zining munozaralaridan birida ularni 2 daqiqa-yu 24 soniyada 9 marta nomard deb atagani ko‘rsatilgan.

"Bu insonni prokuror, tergovchi yo hokim deb o‘ylamang. U vaqtda u kishi Oliy sud raisining o‘rinbosari, mustaqil, xolis sud hokimiyatining vakili edi. Endi esa Sud’yalar Oliy Kengashiga raislar.

Bu kishi o‘shanda sud’yalik obro‘sini "pachoq qilib" aybsizlik prezumsiyasigayam qaramay, tergovi tugamagan, sud baho bermagan Bo‘stonliqdagi bir guruh fuqarolarni noqonuniy uy qurgan, soxta hujjat tayyorlagan, deb shu yo‘l bilan o‘zining quyi sudlariga "yashirin ko‘rsatma" bervorgandilar. Ana mardlik",–deya munosabat bildirgan Kusherbayev.

Kiritildi: 12:35 19.06.2021. O'qildi: 4930 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!