Bugun 31 mart, 2025 yil, dushanba

КИР

Sudyalar Assosiasiyasi raisiga “O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan yoshlar murabbiysi” faxriy unvoni berildi

Sudyalar Assosiasiyasi raisiga “O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan yoshlar murabbiysi” faxriy unvoni berildi

Prezidentning tegishli farmoni bilan O‘zbekiston Sudyalari Assosiasiyasi raisi Mingbayev Ubaydulla Kurbanovichga “O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan yoshlar murabbiysi” faxriy unvoni berildi.

Hujjatda qayd etilishicha, mazkur unvon “davlat organlaridagi ko‘p yillik samarali mehnati, sud-huquq sohasida islohotlarni chuqurlashtirish, jamiyatda qonuniylikni ta’minlash, adolatni qaror toptirish orqali inson qadr-qimmatini ulug‘lash, fuqarolarning huquq va manfaatlarini himoya qilishga qo‘shgan munosib hissasi, yuqori malakali kadrlarni tayyorlash, yosh avlodni Vatanga muhabbat, umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash borasidagi ibratli faoliyati, ijtimoiy-siyosiy hayotdagi faol ishtiroki hamda tavalludining 90 yilligi” munosabati bilan berilgan.

Kiritildi: 17:15 28.01.2025. O'qildi: 843 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!