Bugun 2 avgust, 2025 yil, shanba

КИР

Sudya Tesla asoschisi Ilon Maskni firibgarlik ishi bo‘yicha oqladi

A A A
Sudya Tesla asoschisi Ilon Maskni firibgarlik ishi bo‘yicha oqladi

Ish 2018 yildagi tvit orqali qo‘zg‘atilgan, unda tadbirkor elektromobil kompaniyasini xususiylashtirish haqida e’lon qilgan va bu kompaniya aksiyalarining qimmatlashishiga sabab bo‘lgan. Ammo Mask qaytarib sotib olish uchun mablag ’topa olmagach, aksiyalar keskin tushib ketdi.

Ushbu davr mobaynida aksiyalarni sotib olgan yoki sotgan aksiyadorlar, Mask qimmatli qog‘ozlar qiymatini qasddan o‘zgartirgan, bu firibgarlik natijasida ular millionlab dollar yo‘qotgan, deb da’vo qilmoqda.

San-Fransiskodagi hakamlar hay’ati Ilon Maskni aybsiz deb topish uchun taxminan ikki soat vaqt sarfladi.

Tadbirkor allaqachon o‘z tvitterida ularning qaroriga izoh berib, shunday yozgan: «Xudoga shukur, inson donoligi g‘alaba qozondi! Tesla 420 ishida aybsizlikni bir ovozdan tan olgan hakamlar hay’atiga chuqur minnatdorchilik bildiraman».

Kiritildi: 14:49 04.02.2023. O'qildi: 1739 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!