Demokratlar tomonidan qo‘llab-quvvatlangan sudya Syuzan Krouford Viskonsin shtati Oliy sudiga saylandi
Bu haqda AQSh ommaviy axborot vositalari xabar bermoqda.
Kroufordning g‘alabasi Donald Tramp va Ilon Mask uchun “mag‘lubiyat” bo‘ldi, chunki ular faol ravishda uning raqibini qo‘llab-quvvatlash uchun targ‘ibot olib borgan edi.
Financial Times ma’lumotlariga ko‘ra, Mask respublikachi Bred Shimmelning kampaniyasi uchun 22 million dollar sarflagan.