Agar Trampning bojlari AQSh iqtisodiyotini inqirozga olib kelsa, 2026 yilda bo‘lib o‘tadigan Kongressga oraliq saylovlarda respublikachilarni “jiddiy yo‘qotishlar” kutmoqda
Bunday fikrni respublikachi senator Ted Kruz Financial Times nashriga bildirdi.
Texas shtatidan senator, shuningdek, agar to‘laqonli savdo urushi boshlansa va uzoq muddatda Qo‘shma Shtatlar mahsulotlariga nisbatan javob tariflari amalda qolsa, AQSh iqtisodining taqdiri “dahshatli” bo‘lishini taxmin qildi.
Financial Times'ning qayd etishicha, Kruz odatda Trampni qo‘llab-quvvatlaydi va uning so‘zlari “super boj tariflari” e’lon qilinganidan keyin “prezident partiyasi a’zosining eng keskin ogohlantirishiga aylandi”.