Bugun 9 may, 2025 yil, juma

КИР

Sudlar 2024 yilda nikohdan ajralishga oid qariyb 64 ming ishni ko‘rib chiqdi

Sudlar 2024 yilda nikohdan ajralishga oid qariyb 64 ming ishni ko‘rib chiqdi

Oliy sudning ma’lum qilishicha, 2024 yil davomida fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlarda 533 mingdan ortiq ish ko‘rib chiqilgan.

Ular orasida 405 mingta da’vo qanoatlantirilgan, 63 mingdan ortig‘i rad etilgan.

Eng ko‘p ko‘rilgan ishlar:
🔸177 ming – bitimlar bilan bog‘liq ishlar
🔸63 ming – nikohdan ajratish
🔸21 ming – uy-joy nizolari
🔸8 ming – noqonuniy qurilmalarni buzish
🔸3,4 ming – otalikni belgilash

Shuningdek, yil davomida 5,6 trln so‘m miqdoridagi majburiy to‘lovlarni undirish bo‘yicha 964 195 ta sud buyrug‘i chiqarildi.

Kiritildi: 17:42 07.02.2025. O'qildi: 979 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!