Bugun 26 aprel, 2025 yil, shanba

КИР

Sudlanuvchiga yengil jazo tayinlanganligi uchun sud hukmi o‘zgardi

A A A
Sudlanuvchiga yengil jazo tayinlanganligi uchun sud hukmi o‘zgardi

Jinoyat ishlari bo‘yicha Buxoro shahar sudining 2018 yil 19 noyabrdagi hukmiga ko‘ra, A.ning aybidan O‘zbekiston Respublikasi JK 274-moddasining 1-qismi chiqarilib, uning harakatlari O‘zbekiston Respublikasi JK 273-moddasi 3-qismining “b” bandidan JK 273-moddasining 2-qismiga, JK 25,273-moddasining 5-qismidan JK 276-moddasi 2-qismining “a” bandiga qayta kvalifikasiya qilinib, unga JK 270-moddasining 1-qismi, 273-moddasi 3-qismining “b” bandi, 276-moddasi 2-qismining “a” bandi, JKning 57,59-moddasi tartibida 5 yil ozodlikni cheklash jazosi tayinlanib, JKning 62-moddasiga asosan, o‘tash uchun 4 yil 8 oy 10 kun ozodlikni cheklash jazosi qoldirilib, sud zalidan qamoqdan ozod qilingan. YU.ning aybidan O‘zbekiston Respublikasi JK 274-moddasining 1-qismi chiqarilib, uning harakati O‘zbekiston Respublikasi JK 273-moddasi 3-qismining “b” bandidan JK 273-moddasining 2-qismiga qayta kvalifikasiya qilinib, unga shu modda bilan JKning 57-moddasi qo‘llanilgan holda, 4 yil 6 oy ozodlikni cheklash jazosi tayinlanib, JKning 60,61-moddalari tartibida, jinoyat ishlari buyicha Buxoro tuman sudining 2017 yil 5 iyuldagi xukmi bilan tayinlangan jazoning o‘talmay qolgan qismini yangi hukm bo‘yicha tayinlangan jazoga qisman qo‘shish yo‘li bilan uzil-kesil, 8 oy transport vositalari boshqarish huquqidan mahrum qilgan holda, 5 yil ozodlikni cheklash jazosi tayinlanib, JKning 62-moddasiga asosan, o‘tashi uchun 4 yil 8 oy 10 kun ozodlikni cheklash jazosi qoldirilib, sud zalidan qamoqdan ozod qilingan.

Sudning hukmiga ko‘ra, A. 2018 yilning mart oyi boshlarida o‘zi yashab kelayotgan Romitan tumani, Decha MFY, Decha qishlog‘ida joylashgan uyining tomorqa yerida, makkajo‘xori o‘simligi orasida taqiqlangan ekin hisoblangan, tarkibida giyohvandlik vositalari bo‘lgan 2 tup “Kannabis” o‘simligini qonunga xilof ravishda ekib, yetishtirgan.

Shuningdek, A. 2018 yil may oyining boshlarida sinfdosh do‘sti YU. bilan o‘zi yashab kelayotgan Romitan tumani, Decha MFY, Decha qishlog‘idan o‘tuvchi yo‘lda “Marixuana” giyoxvandlik vositasini sigareta moxorkasi o‘rniga joylab, chekish yo‘li bilan iste’mol qilib, iste’mol qilishidan qolgan folga qog‘oz bo‘lagiga o‘ralgan, sof vazni 1,71 grammga teng bo‘lgan, ozginadan ko‘proq miqdordagi quritilgan holdagi “Marixuana” giyoxvandlik vositasini YU.ga o‘tkazgan.

O‘z o‘rnida, YU. A.dan olgan mazkur 1.71 grammga teng bo‘lgan «Marixuana” giyohvandlik moddasini qonunga xilof ravishda tanishi SH.ga o‘tkazgan.

2018 yilning 29 iyul kuni soat 19:00 larda,  Buxoro shahar A.Somiy ko‘chasida o‘zining harakatlarida shubha uyg‘otganligi uchun SH. to‘xtatilib, Buxoro shahar 1-son IIB binosiga olib kelinib, xolislar ishtirokida kiyimlari kuzdan kechirilganda, uning egnida bo‘lgan shimining cho‘ntagida falga qog‘oziga o‘ralgan holdagi 1.71 grammga teng bo‘lgan ozginadan ko‘proq mikdordagi “Marixuana” giyohvandlik vositasi borligi aniqlanib, tegishli tartibda hujjatlashtirib olingan.

Shundan so‘ng, IIB xodimlari tomonidan 2018 yilning 30 iyul kuni A.ning yashash uyiga borilib ko‘zdan kechirilganda, uning uyi yotoqxonasida sof vazni 21,45 grammga teng bo‘lgan ko‘p miqdordagi, egnida bo‘lgan shimining o‘ng cho‘ntagida esa sof vazni 1,17 gramm bo‘lgan ozginadan ko‘proq miqdordagi quritilgan holdagi «Marixuana” giyohvandlik vositalari borligi aniqlanib, hujjatlashtirib olingan.

Birinchi bosqich sudi sudlangan A.ning harakatini JK 25,273-moddasining 5-qismidan, JK 276-moddasi 2-qismining “a” bandiga qayta kvalifikasiya qilish to‘g‘risida noto‘g‘ri xulosaga kelgan. 

O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2017 yil   28 apreldagi “Giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar bilan qonunga xilof ravishda muomala qilishga oid jinoyat ishlari bo‘yicha sud amaliyoti haqida”gi qarorining 21-bandining 5-xatboshida, aybdor tomonidan giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalarning faqat bir qismi sotilib, qolgan qismi keyinchalik surishtiruv yoki dastlabki tergov davomida aniqlansa, javobgarlik qonunga xilof ravishda o‘tkazish va qonunga xilof ravishda saqlash uchun alohida-alohida (agar mazkur vosita va moddalarni o‘tkazishga nisbatan qasd aniqlanmagan bo‘lsa), ularning miqdoriga bog‘liq ravishda kelib chiqishi,

25-bandida, aybdorda giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalarni qonunga xilof ravishda o‘tkazishga (JK 273-moddasi birinchi, ikkinchi, uchinchi, beshinchi qismlari) qasd mavjudligi to‘g‘risidagi masalani hal etishda, sudlar bunday vosita yoki moddalar haqiqatdan o‘tkazish maqsadida tayyorlab qo‘yilganligiga oid dalillar majmuidan kelib chiqishlari lozimligi, bunday dalillarga, masalan, giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalar faqat iste’mol qilinishini istisno etadigan miqdorda topilganligi, bunday vosita yoki moddalar muayyan dozada (o‘lchamda) qadoqlanganligi, ular tashish yoki jo‘natishda maxsus maxfiy joyga yashirilganligi, ularni tayyorlash uchun asbob-uskunalar mavjudligi, ekspertizaning aybdor giyohvand emasligi to‘g‘risidagi xulosasi va h.k.lar kirishi, ish bo‘yicha aniqlangan haqiqiy holatlardan kelib chiqib, aybdorning harakatlari JK 25-moddasining birinchi yoki ikkinchi qismi va JK 273-moddasining tegishli qismi bilan kvalifikasiya qilinishi kerakligi ko‘rsatilgan.

Ish hujjatlariga qarganda, A. tarkibida giyohvandlik vositalari bo‘lgan “Kannabis” o‘simligini qonunga xilof ravishda ekib, yetishtirish bilan shug‘ullanib kelib, tanishlari YU. va SH. bilan bir necha marotaba o‘zi yetishtirgan giyoxvandlik vositasini sigareta moxorkasi o‘rniga joylab, chekish yo‘li bilan iste’mol qilib kelgan. Mazkur holat sudda isbotlangan.

Shuningdek, A. 2018 yil may oyining boshlarida YU. bilan “Marixuana” giyoxvandlik vositasini sigareta moxorkasi o‘rniga joylab, chekish yo‘li bilan iste’mol qilib, iste’mol qilishidan qolgan folga qog‘oz bo‘lagiga o‘ralgan, sof vazni 1,71 grammga teng bo‘lgan, ozginadan ko‘proq miqdordagi quritilgan holdagi “Marixuana” giyoxvandlik vositasini YU.ga o‘tkazgan.

O‘z o‘rnida, YU. A.dan olgan mazkur 1.71 grammga teng bo‘lgan «Marixuana” giyohvandlik moddasini SH.ga o‘tkazgan.

2018 yilning 29 iyul kuni soat 19:00 larda,  Buxoro shahar A.Somiy ko‘chasida o‘zining harakatlarida shubha uyg‘otganligi uchun SH. to‘xtatilib, xolislar ishtirokida kiyimlari ko‘zdan kechirilganda, uning egnida bo‘lgan shimining cho‘ntagida falga qog‘oziga o‘ralgan holdagi 1.71 grammga teng bo‘lgan ozginadan ko‘proq mikdordagi “Marixuana” giyohvandlik vositasi borligi aniqlangan.

Shundan so‘ng, IIB xodimlari tomonidan 2018 yilning 30 iyul kuni A.ning yashash uyiga borilib ko‘zdan kechirilganda, uning uyi yotoqxonasida sof vazni 21,45 grammga teng bo‘lgan ko‘p miqdordagi, egnida bo‘lgan shimining o‘ng cho‘ntagida esa, folga qog‘oz bo‘lagiga o‘rab qadoqlangan holdagi aynan 1,17 grammga teng bo‘lgan ozginadan ko‘proq miqdordagi quritilgan holdagi «Marixuana” giyoxvandlik vositalari borligi, tomorqa yerida esa taqiqlangan ekin hisoblangan, tarkibida giyohvandlik vositalari bo‘lgan 2 tup “Kannabis” o‘simligini ekib, yetishtirib kelayotganligi aniqlangan.

Sudga oid narkologiya ekspertizasining 101-sonli xulosasida A.ning giyohvand emasligi qayd etilganligi, uyida tarkibida giyohvandlik vositasi bo‘lgan 2 tup o‘simlikni ekib yetishtirib kelayotganligi hamda uyidan quritilgan holdagi 21,45 grammga teng bo‘lgan ko‘p miqdordagi giyohvand modda topilganligi, bundan tashqari, A.ning cho‘ntagidan olingan yoki YU.ga o‘tkazgan giyohvandlik vositalarning aynan folga qog‘oz bo‘lagiga o‘rab qadoqlanganligi va vazni ham bir xil o‘lchamda (1,17 gramm) bo‘lganligi, A.ning giyohvandlik vositalarini o‘tkazish maqsadida saqlab qo‘yilganligidan dalolat beradi.

Bunday holatda, A.ning uyidan topilgan giyohvandlik vositalarini qonunga xilof ravishda saqlash sifatida baholab bo‘lmaydi.

Yuqorida qayd etilgan pelenum qarorining 34-bandida, sudlarga mazkur toifadagi ishlar bo‘yicha jazo tayinlashda O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2006 yil 3 fevraldagi “Sudlar tomonidan jinoyat uchun jazo tayinlash amaliyoti to‘g‘risida”gi 1-sonli qarorda berilgan tushuntirishlarga amal qilishlari lozimligi hamda jinoyatning tashkilotchilari va faol ishtirokchilari, shu jumladan, giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalarni sotuvchilar, o‘tkazuvchilarni og‘irroq javobgarlikka tortilishlari lozimligi haqida ko‘rsatma berilgan.

Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi JPKning 494-moddasida, kassasiya instansiyasi sudi og‘irroq jinoyatga doir qonunni qo‘llashga yoxud jazoni kuchaytirishga ana shu asoslar bo‘yicha jabrlanuvchi tomonidan shikoyat berilgan yoki prokuror tomonidan protest bildirilgan hollardagina haqi ekanligi, shuningdek, JPKning 5061-moddasida, kassasiya instansiyasi sudi birinchi instansiya sudining hukmini o‘zgartirishga, shu jumladan ayblov hajmini, jinoyat tavsifini o‘zgartirishga, jazoni yengillashtirishga yoki kuchaytirishga, xuddi shuningdek og‘irroq jinoyat to‘g‘risidagi qonunni qo‘llashga haqli ekanligi qayd etilgan.

Shu bois, jinoyat ishlari bo‘yicha Buxoro viloyat sudi kassasiya instansiyasining 2019 yil 14 martdagi ajrimi bilan A.ning harakati, O‘zbekiston Respublikasi JK 276-moddasi 2-qismining “a” bandidan, JK 25,273-moddasining 2-qismiga qayta kvalifikasiya qilinib, unga JKning boshqa moddalari bilan JKning 57,59,61-moddalari tartibida, uzil-kesil 3 yil 6 oy ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlanib, JKning  62-moddasiga asosan, o‘tashi uchun 2 yil 11 oy 11 kun ozodlikdan mahrum qilish jazosi qoldirildi.

 

A.Shaydoyev,

KSH-4-04/48-19-sonli ajrimi

Jinoyat ishlari bo‘yicha

Buxoro viloyat sudi raisining

o‘rinbosari

Kiritildi: 15:12 27.11.2019. O'qildi: 2913 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!