Bugun 12 may, 2025 yil, dushanba

КИР

Sudlanganlarni ishga qabul qilishni rad etish mumkin emas

Sudlanganlarni ishga  qabul qilishni rad  etish mumkin emas

Ishga qabul qilishni noqonuniy rad etishga yo‘l qo‘yilmaydi.

Quyidagilar ishga qabul qilishni noqonuniy rad etishdir:

▫️kamsitishni taqiqlash to‘g‘risidagi talablarni buzish;

▫️ish beruvchi ishga taklif etilgan shaxslarni ishga qabul qilmaslik;

▫️ish beruvchi qonunga muvofiq mehnat shartnomasini tuzishi shart bo‘lgan shaxslarni (ish o‘rinlarining eng kam soniga ishga yuborilgan shaxslarni, ish beruvchi alohida asoslar bo‘yicha mehnat shartnomasini bekor qilgan shaxslarni, ular qayta ishga qabul qilingan taqdirda va boshqalarni) ishga qabul qilmaslik;

▫️homiladorlik yoki farzandlar borligi bilan bog‘liq sabablarga ko‘ra ishga qabul qilmaslik;

▫️sudlanganligi sababli shaxslarni ishga qabul qilmaslik (qonunchilikda alohida istisnolar belgilanishi mumkin).

Ishga qabul qilish rad etilganda ariza beruvchiga uning sababi ko‘rsatilib javob beriladi.

Kiritildi: 12:04 05.12.2023. O'qildi: 2442 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!