Bugun 10 dekabr, 2025 yil, chorshanba

КИР

Sudanda vabo epidemiyasidan 40 kishi vafot etdi

Sudanda vabo epidemiyasidan 40 kishi vafot etdi

Sudanning Darfur mintaqasida so‘nggi yillardagi eng yirik vabo (xolera) epidemiyasi yuz bermoqda. Xususan, oxirgi bir hafta ichida mamlakatda 40 kishi ushbu kasallikdan vafot etdi. Bu haqda “Chegarasiz shifokorlar” (MSF) tashkilotiga tayanib, Al Arabiya xabar berdi.

Tashkilotning 14 avgust kuni bergan bayonotiga ko‘ra, urushdan eng ko‘p zarar ko‘rgan hudud — Darfur so‘nggi bir yil ichida boshlangan xolera tarqalishidan eng jiddiy talafot ko‘rmoqda. Birgina o‘tgan haftaning o‘zida MSF jamoalari 2 300 dan ortiq bemorni davolagan va 40 o‘lim holatini qayd etgan.

Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, 2023 yil avgustidan beri butun mamlakat bo‘ylab 99 700 dan ortiq gumon qilingan xolera holati va 2 470 o‘lim qayd etilgan.

Vabo najas orqali ifloslangan oziq-ovqat yoki suv orqali yuqadi. U kuchli diareya, qusish va mushak tortishishini keltirib chiqaradi hamda davolanmagan taqdirda bir necha soat ichida o‘limga olib kelishi mumkin.

MSF urush sabab millionlab aholining uyini tark etishga majbur bo‘lishi va toza ichimlik suvi tanqisligi epidemiyani yanada kuchaytirganini ta’kidlamoqda.

Hatto yaqinda bir lagerdagi quduqdan odam jasadi topilgan, biroq ikki kundan so‘ng odamlar yana o‘sha suvni ichishga majbur bo‘lgan.

Kuchli yomg‘irlar suv manbalarini yanada ifloslantirib, kanalizasiya tizimlarini ishdan chiqarmoqda.

Kiritildi: 23:15 14.08.2025. O'qildi: 1085 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!