Moskva Qizil dengiz sohilida o‘zining harbiy-dengiz bazasini qurish maqsadida Sudan hukumatiga S-400 zenit-raketa tizimini taklif etgan, ammo Sudan bu taklifni AQSh va G‘arb davlatlarining salbiy munosabatidan qo‘rqqani uchun rad etgan. Bu haqda The Moscow Times Sudan razvedkasi xodimiga tayanib xabar berdi. Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, bu ma’lumotni ikki nafar AQSh amaldori ham tasdiqlagan.
Suriyadagi vaziyat, xususan Bashar Asad hukumati ag‘darilishi sababli, Rossiya uchun yangi harbiy-dengiz bazasi qurilishi alohida ahamiyat kasb etmoqda. Kreml hozirda fuqarolik urushi holatida bo‘lgan Sudan hukumatiga qo‘llov ko‘rsatishiga qaramay, ikki davlat hozircha bu masalada kelishuvga erishgani yo‘q. Shu bilan birga, The Moscow Times ma’lumotlariga ko‘ra, Sudan va Moskva o‘rtasida Rossiya quroli va neft mahsulotlarini sotib olish bo‘yicha kelishuvlar mavjud. Xususan, neft mahsulotlari yetkazib berish qayta tiklangan: apreldan oktyabrgacha Rossiya Sudanga 2,8 million tonna yoqilg‘i eksport qilgan, bu mamlakatning umumiy importining qariyb yarmiga teng.
Rossiya harbiy-dengiz bazasini Port-Sudanda qurish masalasi 2019 yilda muhokama qilingan va davlatlar o‘rtasida tegishli kelishuv imzolangan. Ammo Sudanda fuqarolik urushi boshlanganidan keyin bu kelishuv ratifikasiya qilinmagan.