Sudan armiyasi prezident saroyini egalladi. Bu haqda Reuters xabar berdi.
Agentlik manbalariga ko‘ra, Sudan armiyasi poytaxt Xartumdagi prezident saroyi ustidan nazorat o‘rnatgan. Harbiylar saroy atrofini ko‘zdan kechirib, armiyaga qarshi kurashayotgan Tezkor reaksiya kuchlari (RSF) a’zolarini qidirmoqda.
"Qo‘shinlarimiz dushman jangchilarini va ularning texnikasini to‘liq yo‘q qildi. Shuningdek, katta miqdordagi harbiy texnika va qurolni qo‘lga kiritdi", deya armiya vakilining so‘zlarini iqtibos keltirmoqda AFP.
2019 yilda Sudan prezidenti Umar al-Bashir harbiylar tomonidan ag‘darilgan, ammo ular hokimiyatni fuqarolik hukumatiga topshirish va’dasini bajarmagandi. 2023 yil bahorida Tezkor reaksiya kuchlari (RSF) prezident saroyini va poytaxtning katta qismini egallab, parallel hukumat tuzgan edi.
Shundan beri Sudan armiyasi va RSF o‘rtasidagi kurash to‘xtamagan. Janglar natijasida o‘n minglab odam halok bo‘lgan, millionlab insonlar o‘z uylarini tark etishga majbur bo‘lgan. BMT Sudandagi vaziyatni “dunyodagi eng yirik gumanitar inqiroz” deb baholamoqda.