Sud Tramp ma’muriyatining amaldorlar sonini qisqartirish rejasini vaqtincha blokladi
Agentlikning xabar berishicha, bu qaror Massachusets shtati sudi tomonidan qabul qilingan.
Avvalroq AQSh hukumati barcha davlat xizmatchilariga iste’foga chiqish va kompensasiya olishni taklif qilgandi. Hukumat bu taklifni rad etganlar o‘z lavozimlarida qolishiga kafolat bermagan.
Tramp administrasiyasi bu chora orqali 5-10% davlat xizmatchilari lavozimidan bo‘shatilishi va natijada har yili taxminan 100 milliard dollar tejash mumkinligini ma’lum qilgan.
Biroq kasaba uyushmalari bunday taklifning qonuniyligiga shubha bildirdi va amaldorlarga uni qabul qilmaslikni tavsiya etdi. Ular sudga murojaat qilib, g‘alaba qozondi. Natijada, sud hukumatni arizalarni qabul qilish muddatini 10 fevralgacha uzaytirishga majbur qiluvchi qaror chiqardi.