Uy olish uchun subsidiyaga ariza bergandim. Arizam ijtimoiy mezonlarga mos kelmaganligi sababli subsidiya rad etilganligi to‘g‘risida xabarnoma keldi. Ushbu xabarnomada aynan rad etish sababi, ya’ni qaysi ijtimoiy mezonlarga mos kelmasligi aniq ko‘rsatilmagan. Men nima uchun subsidiya berilmasligini tushunmayapman va bilishni istayman. Nima qilsam bo‘ladi?
Hukumatning 182-sonli qaroriga ko‘ra, subsidiya ajratishni rad etish haqida qaror qabul qilingan taqdirda, komissiya rad etish sabablarini, qonunchilik hujjatlarining aniq normalarini ko‘rsatgan holda QR-kod qo‘yilgan qarorni rasmiylashtiradi. Xabarnomani tegishli tuman (shahar) Davlat xizmatlari markaziga (o‘zi kelib murojaat etgan taqdirda) yoki ariza beruvchiga (elektron shaklda murojaat etganda) YAIDXP orqali elektron shaklda yuboradi.
Arizani rad etish asoslarining ichida ijtimoiy mezonlarga to‘g‘ri kelmaganligi ham mavjud. Ijtimoiy mezon - deganda uy-joy sharoitini yaxshilashga muhtoj bo‘lgan oilani aniqlashda qo‘llaniladigan va keltirilgan asosiy ko‘rsatkichlar tushuniladi.
Quyidagi ijtimoiy mezonlar bo‘yicha baholash (aniqlash) subsidiya.idm.uz dasturiy ta’minot tizimida avtomatlashtirilgan tarzda amalga oshiriladi:
Ushbu tartib haqida batafsil mana bu yerda https://lex.uz/uz/docs/4774086#6076370 tanishib chiqsangiz bo‘ladi. Agarda arizangiz aynan qaysi ijtimoiy mezonga ko‘ra rad qilinganligini bilishni istasangiz tuman hokimligi yoki komissiyaga murojaat etishingiz kerak.
Savolga huquqshunos Lobar Rozimova javob berdi.