Bugun 23 iyun, 2025 yil, dushanba

КИР

Subsidiya olish uchun ajramni kutish shartmi?

A A A
Subsidiya olish uchun ajramni kutish shartmi?

— Jiyanim akasinikida yashaydi. Bir nafar farzandi bor. Sud yarashish uchun ikkinchi marotaba 6 oy muhlat bergan. Aliment tayinlangan, lekin eri to‘lamayapti. Subsidiya olishi uchun ajrashishini kutishi shartmi?
Ismi sir tutildi.

Aziz Rahmonov, fuqarolik ishlari bo‘yicha Yakkasaroy tumanlararo sudi sudyasi:
— Cubsidiya — ipoteka kreditlari asosida kvartira sotib olish uchun boshlang‘ich badal va kredit foizining bir qismini, yakka tartibdagi uy-joylarni qurish va rekonstruksiya qilish uchun kredit foizining bir qismini qoplash maqsadida Davlat byudjetidan fuqaro uchun bankda uning nomiga ochilgan tegishli hisobvaraqqa o‘tkazilgan mablag‘.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 25.03.2020 yildagi 182-sonli qarori bilan “Uy-joy sotib olish yoki yakka tartibdagi uy-joylarni qurish va rekonstruksiya qilish uchun fuqarolarga subsidiya to‘lash tartibi to‘g‘risida”gi Nizom tasdiqlangan bo‘lib, unga ko‘ra mazkur mablag‘lar faqatgina daromadi yuqori bo‘lmagan hamda uy-joy sharoitlarini yaxshilashga muhtoj bo‘lgan oilalar, og‘ir ijtimoiy vaziyatga tushib qolgan xotin-qizlar, mamlakat ijtimoiy hayotida faol ishtirok etayotgan yoshlar va shu toifadagi O‘zbekiston fuqarolariga ajratiladi.
O‘zbekiston Respublikasining 18 yoshdan 60 yoshgacha bo‘lgan fuqarolari ipoteka kreditlari bo‘yicha boshlang‘ich badal va foiz xarajatlarining bir qismini qoplash uchun subsidiya olish maqsadida ariza bilan murojaat qilishi mumkin.
Ariza beruvchi ipoteka kreditlari bo‘yicha subsidiya olish uchun istalgan tuman (shahar) davlat xizmatlari markaziga o‘zi kelib murojaat etadi yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida davlat xizmatidan elektron tarzda foydalanish uchun ro‘yxatdan o‘tadi.
Ariza beruvchining arizasi u ro‘yxatga olingan doimiy yashash joyidagi tuman (shahar) komissiyasi tomonidan ko‘rib chiqiladi.
Mas’ul tashkilotlar yetti ish kunida ariza beruvchining ijtimoiy mezonlarga muvofiqligini taqdim etilgan hujjatlar asosida tashkilotlarda mavjud ma’lumotlar bazasi bilan solishtirgan holda o‘rganib chiqadi va YAIDXPda onlayn elektron shaklda quyidagi ma’lumotlarni:
tibbiyot birlashmasi — ariza beruvchi va uning oila a’zolari orasida surunkali kasallikning og‘ir turlaridan azob chekuvchi va Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlangan ro‘yxatga muvofiq alohida xonada yashashga muhtoj bo‘lgan shaxslar, birinchi guruh nogironligi bo‘lgan shaxslarning, yolg‘iz o‘zi og‘ir nogironlikka olib keluvchi kasallikka chalingan bolani parvarishlayotgan ayollarning mavjudligini;
davlat soliq inspeksiyasi — soliq to‘lovchining jismoniy shaxsning shaxsiy identifikasiya raqami (JSh SHIR) bo‘yicha ariza beruvchi va oila a’zosi sifatida keltirilgan shaxslarning (arizada «Labor — migration» dasturida ro‘yxatdan o‘tganligi ko‘rsatilgan ariza beruvchi bundan mustasno) daromadlarini aniqlaydi.
Bunda davlat soliq inspeksiyasidan ariza beruvchi va oila a’zolarining daromadlari bo‘yicha ball berilmagan taqdirda, ariza boshqa mas’ul tashkilotlar tomonidan ko‘rib chiqilmaydi va avtomat ravishda subsidiya ajratishni rad etish bo‘yicha komissiya kotibiga yuboriladi;
tuman (shahar) oila va xotin-qizlar bo‘limlari — ariza beruvchining og‘ir ijtimoiy vaziyatga tushib qolgan xotin-qizlar, nogironligi bo‘lgan, farzandlarini to‘liqsiz oilada tarbiyalayotgan, uy-joy sharoitini yaxshilashgan muhtoj onalar toifasiga mansubligini;
tuman (shahar) hokimligi moliya bo‘limi — ariza beruvchining olis va chekka hududlarda joylashgan byudjet tashkilotlariga boshqa hududlardan mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun kelgan oliy ma’lumotli mutaxassis va (yoki) tibbiyot xodimi ekanligini tasdiqlaydi.
YAIDXPda mas’ul tashkilotlar o‘rganib chiqish natijalariga ko‘ra kiritilgan ma’lumotlar asosida ariza beruvchining ijtimoiy mezonlarga muvofiqligi avtomatlashtirilgan tarzda ballar ko‘rinishida baholanadi.
Komissiya raisi ijtimoiy mezonlar yuzasidan baholash natijalariga asosan ariza beruvchiga ipoteka kreditlari bo‘yicha subsidiya berish yoki berishni rad etishni elektron (ERI orqali) shaklda tasdiqlaydi.
Ko‘rib chiqish yakunlari bo‘yicha subsidiya berish yoki berishni rad etish to‘g‘risida elektron tasdiqlangan QR-kod qo‘yilgan qaror tegishli tuman (shahar) Davlat xizmatlari markaziga yuboriladi.

Ushbu xabarnoma Davlat xizmatlari markazi tomonidan bir ish kunida ariza beruvchiga yuboriladi.
Bundan tashqari YAIDXP orqali ariza beruvchiga «SMS» xabar yuboriladi.
Ijtimoiy mezonlar asosida baholangan ariza beruvchi 30 va undan yuqori ball to‘plagan taqdirda, talabgor sifatida tan olinib, kvartira sotib olish yoki yakka tartibdagi uy-joylarni qurish va rekonstruksiya qilish uchun ipoteka krediti bo‘yicha subsidiya olishga haqli deb hisoblanadi.
Quyidagi hollarda ariza beruvchiga subsidiya ajratish rad etiladi:
a) taqdim etilgan arizada ko‘rsatilgan ma’lumotlar ijtimoiy mezonlarga mos kelmaganda;
b) taqdim etilgan ma’lumotlar noto‘g‘ri yoki soxta bo‘lganda;
g) ilgari shahar va qishloq joylarda arzon uy-joy qurish dasturlari doirasida imtiyozli ipoteka kreditlaridan foydalangan holda kvartira yoki yakka tartibdagi uy-joy hamda subsidiya olgan (avval olingan uy-joy boshqa shaxsga begonalashtirib yuborilgan taqdirda ham) oila a’zolari (eri, xotini) takroriy murojaat etganda;
d) joriy yilda hudud uchun ajratiladigan subsidiya soni tugaganda;
e) ariza beruvchi va/yoki oilaning o‘rtacha oylik daromadi:
Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarda — MHTEKMning 2,7 baravaridan kam va 8,0 baravaridan yuqori;
Toshkent shahrida — MHTEKMning 2,7 baravardan kam va 9,2 baravaridan yuqori bo‘lganda.
Yuqorida qayd qilingan Nizom talablariga ko‘ra, jiyaningiz istalgan tuman (shahar) davlat xizmatlari markaziga murojaat etishi yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida davlat xizmatidan elektron tarzda foydalanish uchun ro‘yxatdan o‘tishi mumkin. Jiyaningizning arizasiga asosan tegishli komissiya ijtimoiy mezonlar yuzasidan baholash natijalariga asosan subsidiya berish yoki berishni rad etish to‘g‘risida xulosa beradi.
Bunday holatda subsidiya olish uchun nikohdan ajrashish shart emas.

Kiritildi: 12:09 13.03.2023. O'qildi: 2044 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!