Bugun 14 may, 2024 yil, seshanba

КИР

Suares 4 oy futbol o‘ynamaydi

Suares 4 oy futbol o‘ynamaydi

«Barselona» hujumchisi Luis Suares Ispaniya Superkubogi doirasida «Atletiko»ga qarshi bahsda o‘ng tizzasidan olgan jarohati sabab jarrohlik amaliyotini boshdan o‘tkazdi.

Klub matbuot xizmati xabariga ko‘ra, futbolchi 11 yanvar, shanba kuni chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tgan va 12 yanvarda operasiya qilingan. Amaliyot muvaffaqiyatli kechgan.

Ta’kidlanishicha, Suares kamida 4 oy futbol o‘ynay olmaydi.

Qayd etish joiz, hujumchi o‘tgan mavsum so‘ngida «Liverpul»ga qarshi bahsda olgan jarohati sabab tizzasidan operasiya qilingan edi.

Ma’lumot uchun, urugvaylik joriy mavsum barcha musobaqalar doirasida 23 ta o‘yin o‘tkazib, 14 ta gol urdi.

Kiritildi: 10:54 13.01.2020. O'qildi: 1995 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!