Bugun 5 may, 2024 yil, yakshanba

КИР

Styuardessaning koronavirus tufayli aytgan xayrlashuv nutqi yo‘lovchilarni larzaga soldi

Styuardessaning koronavirus tufayli aytgan xayrlashuv nutqi yo‘lovchilarni larzaga soldi

Styuardessaning xayrlashuv nutqi “Virgin Australia” samolyoti yo‘lovchilarini junbushga keltirdi. Koronavirus pandemiyasi tufayli parvozlarning vaqtincha to‘xtatilayotgani haqida xabar berayotganida yig‘lab yuborgan qizning videosi “Express” nashrida e’lon qilindi.

Yo‘lovchilarni hayajonlantirgani uchun uzr so‘ragan samolyot xodimasi Kessi Applton ushbu parvoz o‘zi va hamkasblari uchun "so‘nggi" bo‘lishi mumkinligini ta’kidladi.

"Anchadan beri osmonni o‘z uyi deb hisoblagan jamoamiz uchun yerga qaytganimizni anglash biroz hayratlanarli. Tabassumingiz va bizning ishimizni yoqimli qilganingiz uchun tashakkur. Ushbu sinovlar paytida sizga eng yaxshi narsalarni tilaymiz. Iltimos, o‘zingizga, yaqinlaringizga ehtiyot va sog‘-salomat bo‘ling ", deya ta’kidlagan Applton.

U, shuningdek, hamkasblariga birgalikda amalga oshirilgan barcha ishlar va "shunday paytida birga bo‘lishgani hamda boshlarini baland ko‘tarishda davom etganliklari uchun" minnatdorchilik bildirdi. Shundan so‘ng vaziyat barqarorlashgach darhol uchishni davom ettirishga tayyorligini ma’lum qildi. "Yaqinda sizni yana osmonda ko‘rishga chin dildan umid qilamiz", deya qo‘shimcha qildi qiz.

Dunyo bo‘ylab o‘nlab aviakompaniyalar pandemiya davrida parvozlar va xodimlarning sonini kamaytirmoqda.

“Express” qayd etishicha, ba’zi kompaniyalar ishchilarni vaqtincha ishdan bo‘shatishgan va buni ularga ish haqini to‘lashning iloji yo‘qligi bilan izohlashgan.

 

Kiritildi: 23:07 26.03.2020. O'qildi: 7145 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!