Bugun 11 avgust, 2025 yil, dushanba

КИР

Stress darajasini nazorat qiluvchi "aqlli" tish ipi yaratildi

Stress darajasini nazorat qiluvchi "aqlli" tish ipi yaratildi

"Tufts" universitetining amerikalik olimlari stress gormoni kortizol darajasini o‘lchashga qodir bo‘lgan o‘rnatilgan sensorga ega "aqlli" tish ipini chiqdi.

Qayd etilishicha, qurilma tananing holatini har kuni kuzatib borish uchun qulay vositaga aylanishi mumkin.

Oddiy tozalash paytida ip so‘lakni to‘playdi va uni tutqichdagi mikrochipga yo‘naltiradi. Molekulyar bosib chiqarish texnologiyasi yordamida yaratilgan sensor 10 daqiqa ichida kortizol konsentrasiyasini aniqlaydi va ma’lumotlarni smartfonga uzatadi.

"Bizning qurilmamiz birdaniga bir nechta muammolarni hal qiladi: u foydalanishda ko‘rinmas, maxsus proseduralarni talab qilmaydi va ob’ektiv ma’lumotlarni taqdim etadi", deb tushuntirdi tadqiqot rahbari Samir Sonkusale.

Sinov shuni ko‘rsatdiki, ixtironing aniqligi ELISA laboratoriya tahlili bilan solishtirish mumkin. Qurilma kortizolning kichik tebranishlarini ham aniqlay oladi, bu surunkali stressni erta tashxislash uchun muhim, sababi, u jiddiy kasalliklarga olib kelishi mumkin.

Ishlab chiquvchilar so‘lakdagi boshqa biomarkerlarni aniqlash uchun texnologiyani moslashtirishni rejalashtirmoqdalar. Kelajakda bu kundalik gigiyena vositalariga birlashtirilgan bir qator uy diagnostikasi vositalarini yaratishga olib kelishi mumkin.

Kiritildi: 06:13 16.05.2025. O'qildi: 1088 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!