Rossiya Mudofaa vazirligi 7 fevral, juma kuni Ukrainaning Donesk viloyatidagi Toresk shahrini o‘z nazoratiga olganini ma’lum qildi.
Ukrainaning Deep State OSINT loyihasi xabar berishicha, "shahar markazining deyarli barcha qismi dushman qo‘liga o‘tganiga" qaramay, Ukraina Mudofaa kuchlari Toreskda mudofaa operasiyasini davom ettirmoqda va shaharda janglar hamon davom etmoqda.
"Dushman tomonidan Toresk egallangani haqidagi ma’lumotlar haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi - shahardagi janglar davom etmoqda va Mudofaa kuchlari dushmanga qarshilik ko‘rsatishni to‘xtatmagan," - deya ta’kidladi loyiha tahlilchilari.
DeepState ma’lumotiga ko‘ra, janglar Zabalka tumanida, shuningdek, shaharning shimoliy va g‘arbiy chekkalarida davom etmoqda. Shahar markazi esa deyarli to‘liq ruslar nazorati ostiga o‘tgan.