22 yanvar kuni Yevropa parlamenti Yevrokomissiya raisi Ursula fon der Lyayenga nisbatan MERKOSUR bilan tuzilgan kelishuv sababli ishonchsizlik votumi bo‘yicha ovoz beradi.
20 yanvar kuni YEIning bir necha davlatidan kelgan fermerlar Strasburgda ushbu kelishuvga qarshi norozilik aksiyasi o‘tkazib, fon der Lyayen iste’fosini talab qildi. Muhokamalar davomida deputatlarning aksariyati hozirgi vaziyatda Yevrokomissiyani iste’foga chiqarish nomaqbul ekanini bildirdi.
Kutilmoqdaki, votum ko‘pchilik ovoz bilan rad etiladi. Shu bilan birga, Yevropa parlamenti atrofida fermerlar namoyishlari davom etmoqda va 21 yanvar kuni ham aksiyalar o‘tkazilishi rejalashtirilgan.