Bugun 22 oktyabr, 2024 yil, seshanba

КИР

Stomatologiya instituti sun’iy intellektni tatbiq etish bo‘yicha Turkiya universiteti bilan hamkorlik qiladi

Stomatologiya instituti sun’iy intellektni tatbiq etish bo‘yicha Turkiya universiteti bilan hamkorlik qiladi

Joriy yil 17-20 oktyabr kunlari Toshkent davlat stomatologiya instituti rektori N. Haydarov boshchiligidagi delegasiya Turkiyada bo‘lib qaytdi.

Safar davomida Eskishahar Osmangazi universiteti rektori K.Cholak va Craniocatch Medikal Diş Sanayi ve Ticaret A.Ş. kompaniyasi direktori I.Bayroqdor bilan uchrashuv o‘tkazildi.

Muloqot davomida sun’iy intellektning tibbiyotda qo‘llanishi va bunday tizimlarni yaratishda sun’iy neyron tarmoqlar texnologiyasi afzalliklarini o‘rganish, davolovchi shifokorlarga tezkor tashxislash qarorlarini qabul qilishga yordam berish, sohada kadrlar tayyorlash, ularning malakasini oshirish, ilmiy tadqiqotlar asosida innovasion texnologiyalar imkoniyatlaridan oqilona foydalanish kabi masalalar ikki oliy ta’lim muassasalari ishchi guruhlari oldidagi muhim vazifalar sifatida belgilab olindi.

Uchrashuv so‘ngida sun’iy intellekt texnologiyalarini tibbiy ta’lim, xususan, davolash va ilmiy-tadqiqot faoliyatiga tatbiq etish yuzasidan hamkorlik shartnomasi imzolandi.

Ma’lumot o‘rnida, Eskishahar Osmangazi universiteti 1970 yilda tashkil etilgan bo‘lib, muassasaning 13 ta fakultetida 35 ming nafardan ortiq talaba tahsil oladi.

Kiritildi: Bugun 08:57. O'qildi: 296 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!