Yuliya Navalnaya Rossiya prezidenti bo‘lish niyati borligini ma’lum qildi.
“Agar Rossiyaga qaytsam, prezidentlikka nomzod sifatida qatnashaman”, dedi u BBC bilan suhbatda.
Avvalroq Moskvaning Basmanniy sudi Navalnayani ekstremistik tashkilotda ishtirok etganlikda ayblab, sirtdan hibsga olgandi. Unga nisbatan ikki oy muddatga qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan. Muddat Navalnaya Rossiya hududiga kirgan paytdan yoki mamlakatda hibsga olingan paytdan boshlab hisoblanadi.