Rossiya prezidenti Vladimir Putin OAVda AQShdan Rossiyaga kelgan birinchi siyosiy qochqin deb atalgan Jon Roblesga Rossiya fuqaroligini berdi.
«Robles Jon Entoni, 1966 yil 10 aprelda Amerika Qo‘shma Shtatlarida tug‘ilgan», deyiladi Rossiya fuqaroligiga qabul qilish va fuqarolikdan voz kechish to‘g‘risidagi farmonda. Hujjat rasmiy huquqiy axborot portalida e’lon qilindi.
OAV amerikalik Rossiyada 1990 yillardan beri yashab, o‘qituvchi va xalqaro jurnalist bo‘lib ishlaganini yozdi.