Bugun Belgiyadagi NATO shtab-kvartirasida sobiq bosh kotib Yens Stoltenberg vakolatlarini Mark Ryuttega topshirishining rasmiy marosimi bo‘lib o‘tdi.
Dushanba kuni NATO Harbiy qo‘mitasi Bosh kotiblik muddati yakunlangan Y. Stoltenberg bilan rasman xayrlashdi. Uning o‘rnini Niderlandiyaning sobiq bosh vaziri Mark Ryutte egallaydi.
Tashkilot bayonotida aytilishicha, NATO tarixidagi ikkinchi eng uzoq bosh kotib lavozimida ishlagan Yens Stoltenberg Alyans tarixidagi eng notinch yillarning guvohi bo‘ldi.
- NATO hozirda kattaroq, kuchliroq va har qachongidan ham har qanday qiyinchilikka qarshi turishga tayyor. Bosh kotib lavozimida ishlash va Harbiy qo‘mita, NATO shtab boshliqlari va harbiy vakillar bilan yaqindan hamkorlik qilish haqiqiy sharaf bo‘ldi. Nafaqaga chiqish qanchalik achinarli bo‘lsa ham, NATOning barqarorligi va mustahkamligi alohida shaxslarga emas, balki jamoaga bog‘liq, - dedi Yens Stoltenberg.