Bugun 10 may, 2025 yil, shanba

КИР

Stokgolm xalqaro tinchlik tadqiqot instituti (SIPRI) hisobotiga ko‘ra, 2022 yilda Ukrainadagi urush tufayli talab ortganiga qaramay, yirik qurol ishlab chiqaruvchilarning daromadi kamaygan

Stokgolm xalqaro tinchlik tadqiqot instituti (SIPRI) hisobotiga ko‘ra, 2022 yilda Ukrainadagi urush tufayli talab ortganiga qaramay, yirik qurol ishlab chiqaruvchilarning daromadi kamaygan

2022 yilda 100 ta eng yirik qurol ishlab chiqaruvchi kompaniyaning umumiy daromadi 597 milliard dollarni tashkil etdi, bu real ko‘rinishda 2021 yilga nisbatan 3,5 foizga kam, deyiladi hisobotda.

Umumiy daromadning kamayishi, asosan, amerikalik qurol ishlab chiqaruvchilarning daromadlarining kamayishi bilan bog‘liq — reytingga 42 ta Amerika kompaniyasi kiritilgan bo‘lib, ulardan 32 tasida daromad pasaygan.

Shu bilan birga, SIPRI Rossiya va Ukraina o‘rtasidagi urush va butun dunyo bo‘ylab geosiyosiy keskinlik qurol va harbiy texnikaga bo‘lgan talabning keskin oshishiga sabab bo‘lganini qayd etadi. Biroq, Amerika va Yevropa kompaniyalari, yangi buyurtmalar olishlariga qaramay, ishlab chiqarish quvvatlarini sezilarli darajada oshira olmagan.

Sabablari orasida ishchi kuchi tanqisligi, xarajatlarning ko‘tarilishi va koronavirus pandemiyasi tufayli kelib chiqqan ta’minot zanjiri uzilishi kiradi.‌‌

Kiritildi: 16:26 04.12.2023. O'qildi: 1253 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!