Bugun 14 yanvar, 2026 yil, chorshanba

КИР

Stiv Uitkoff Eronning sobiq valiahd shahzodasi bilan yashirin uchrashuv o‘tkazdimi?

Stiv Uitkoff Eronning sobiq valiahd shahzodasi bilan yashirin uchrashuv o‘tkazdimi?

Trampning maxsus vakili Eronning sobiq valiahd shahzodasi bilan yashirin uchrashuv o‘tkazdi — Axios

"AQSh prezidenti Donald Trampning maxsus vakili Stiv Uitkoff Eronning surgunda yashayotgan sobiq valiahd shahzodasi Rizo Pahlaviy bilan yashirin uchrashuv o‘tkazgan", deb yozmoqda nashr.

Axios ma’lumotlariga ko‘ra, tomonlar Eronda 28 dekabrdan beri davom etayotgan hukumatga qarshi ommaviy norozilik namoyishlarini muhokama qilgan. Ta’kidlanishicha, Pahlaviy Eronda oyatullohlar rejimi qulagan taqdirda, o‘z nomzodini “o‘tish davri” uchun yetakchi sifatida faol ilgari surmoqda.

Avvalroq Stiv Uitkoff Eron tashqi ishlar vaziri Abbos Aroqchi bilan mamlakatdagi namoyishlar hamda AQSh va Eron rasmiylari o‘rtasida uchrashuv o‘tkazish masalalarini muhokama qilgani xabar berilgan edi.

Kiritildi: Bugun 12:35. O'qildi: 334 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!