Bugun 24 noyabr, 2024 yil, yakshanba

КИР

Statistika qo‘mitasi: "Har 100 xo‘jalikda 81 ta kir yuvish mashinasi, 44 ta yengil avtomobil bor"

Statistika qo‘mitasi: "Har 100 xo‘jalikda 81 ta kir yuvish mashinasi, 44 ta yengil avtomobil bor"

Axborot va ommaviy kommunikasiyalar agentligida “Aholi turmush darajasini baholashda tanlanma kuzatuvlarning o‘rni” mavzusida matbuot anjumani o‘tkazildi. Tadbirda Davlat statistika qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Mahmudjon Ziyadullayev va boshqarma boshliqlari ishtirok etishdi. Bu haqda AOKA axborot xizmati xabar qildi.

Anjumanda qayd etilishicha, aholining turmush darajasi va farovonligini o‘rganish maqsadida davlat statistika organlari tomonidan har yili uy xo‘jaliklarida tanlama usulda kuzatuvlar o‘tkaziladi.

2018 yil uy xo‘jaliklari kuzatuvi natijalariga ko‘ra, Internet tarmog‘iga ulanish imkoniyati mavjud uy xo‘jaliklarining ulushi 80,9% ni tashkil etdi. Internetdan foydalanuvchi 10 yosh va undan katta shaxslarning ulushi 55,2% ni, ulardan erkaklar 60,4% ni, ayollar esa 50,2% ni tashkil etmoqda. Yuzta uy xo‘jaligida televizorlar – 155 ta, elektr changyutgichlar – 55 ta, kir yuvish mashinalari – 81 ta, sovutgich va muzlatgichlar – 103 ta, shaxsiy kompyuterlar – 52 ta, yengil avtomobillar – 44 ta, kondisionerlar – 35 ta, mobil telefonlar – 262 taga to‘g‘ri kelmoqda.

Anjumanda shuningdek, mutasaddilar jurnalistlarning go‘sht iste’moli borasidagi savoliga ham javob qaytardilar. Qo‘mita boshqarma boshlig‘i Jahongir Yo‘ldoshevning ma’lumot berishicha, o‘zbekistonliklar bir yilda o‘rtacha 43,2 kilogramm go‘sht va go‘sht mahsulotlarini iste’mol qiladi.

«Bu ko‘rsatgich kam yoki ko‘p ekani haqida biror narsa deya olmayman. Ammo aholining go‘sht iste’moli qo‘shni Tojikiston yoki Qirg‘izistondan ko‘proq. Ammo Rossiya, Qozog‘iston, Ozorboyjon va boshqa Boltiqbo‘yi davlatlari aholisiga nisbatan kamroq go‘sht iste’mol qilamiz», — dedi Yo‘ldoshev.

Kiritildi: 12:12 01.10.2019. O'qildi: 3198 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!