Bugun 17 mart, 2026 yil, seshanba

КИР

Starmer Ho‘rmuz bo‘g‘ozi bo‘yicha ogohlantirish berdi

Starmer Ho‘rmuz bo‘g‘ozi bo‘yicha ogohlantirish berdi

Buyuk Britaniya bosh vaziri Kir Starmer Politico nashriga bergan intervyusida Eron tomonidan to‘sib qo‘yilgan Ho‘rmuz bo‘g‘ozini ochish oson bo‘lmasligini ma’lum qildi.

Uning ta’kidlashicha, Yaqin Sharqda kemalar harakati erkinligini tiklash murakkab vazifa hisoblanadi.

«Bu oson ish emas. Shuning uchun biz barcha ittifoqchilarimiz, jumladan yevropalik hamkorlarimiz bilan mintaqada navigasiya erkinligini imkoni boricha tezroq tiklash va iqtisodiy ta’sirni yumshatishga qaratilgan realistik qo‘shma reja ishlab chiqmoqdamiz», — dedi Starmer.

Shu bilan birga, u bo‘g‘ozni ochish rejasi NATO bilan bog‘liq bo‘lmasligini ham alohida ta’kidladi.

Kiritildi: 22:04 16.03.2026. O'qildi: 402 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!