✅ Kecha davlatimiz rahbari farmasevtika sohasini tartibga solish, aholini sifatli va xavfsiz dori vositalari bilan ta’minlash masalalari bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazgani haqida xabar bergandik.
❓ Xo‘sh, unda mazkur sohada joriy etilayotgan qanday muhim yangiliklar haqida so‘z bordi?
🔽 Bular quyidagilar:
🏥 Farmasevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi huzuridagi Zarur amaliyotlar markazi davlat korxonasi sifatida qayta tashkil etiladi.
🖥 “Zarur farmakologik nazorat amaliyoti – GVP” standarti joriy etilib, Sog‘liqni saqlash vazirligida dorilarning nojo‘ya ta’siri to‘g‘risida elektron baza shakllantiriladi. Bu haqdagi ma’lumotlarni tibbiyot xodimlari va aholiga tezkor yetkazish yo‘lga qo‘yiladi.
📺 Teleradiokanallar orqali dorilar va biologik faol qo‘shimchalarni reklama qilish Sog‘liqni saqlash vazirligida tashkil etiladigan maxsus kengashning xulosasi asosida mumkin bo‘ladi.
@ssvuz | @ssvmatbuotkotibi |Facebook | (https://m.facebook.com/100067706034431/) Instagram (https://instagram.com/ssvuzrasmiy?igshid=YmMyMTA2M2Y=)