Bugun 6 may, 2024 yil, dushanba

КИР

SSV: Toshkentda yirik velomarafon musobaqasi o‘tkazildi

SSV: Toshkentda yirik velomarafon musobaqasi o‘tkazildi

Poytaxtimizda 22 sentyabr — “Xalqaro avtomobilsiz kun” munosabati bilan velomarafon musobaqasi tashkil etildi.

Sog‘liqni saqlash, Sportni rivojlantirish, Ichki ishlar vazirliklari va boshqa mas’ul tashkilotlar hamkorligida o‘tkazilgan mazkur aksiyada havaskor sportchilar, turli yosh toifasidagi o‘g‘il-qizlar, davlat idoralari, xususan, tibbiyot tizimi xodimlaridan iborat 800 nafardan ziyod aholi vakillari ishtirok etdi.

Prezidentimizning 2022 yil 1 avgustdagi “O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining o‘ttiz bir yillik bayramiga tayyorgarlik ko‘rish va uni yuqori saviyada o‘tkazish to‘g‘risida”gi qarori ijrosini ta’minlash, shuningdek sportning velosport turini yoshlar o‘rtasida keng targ‘ib qilish, ommalashtirish, bu orqali sog‘lom turmush tarzini yuksaltirish maqsadida uyushtirilgan musobaqa har tomonlama qizg‘in va murosasiz kechdi.

— Velosipedda yurish salomatlik uchun foydali, — deydi Sog‘liqni saqlash vaziri o‘rinbosari E. Basitxanova. — Quvonarlisi, mamlakatimizda yildan yilga ushbu sport turiga bo‘lgan qiziquvchilar soni ortib bormoqda. Ayniqsa, bugungi tadbirda ishtirok etgan yigit-qizlar, katta yoshli insonlardagi shijoat va intilishni ko‘rib, o‘zim uchun ham katta kuch oldim.

O‘ylaymanki, bu kabi musobaqalarni yurtimizning barcha hududlarida muntazam o‘tkazish lozim. Sababi inson qanchalik ko‘p jismoniy harakat qilsa, shunchalik sog‘lom va immuniteti mustahkam bo‘ladi. Bu hayot haqiqati esa pandemiya davrida yana bir bor o‘z isbotini topdi.

Tadbirda, shuningdek san’atkorlar ijrosida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etuvchi kuy va qo‘shiqlar yangradi.

Kiritildi: 15:52 22.09.2022. O'qildi: 1423 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!