Bugun 25 aprel, 2024 yil, payshanba

КИР

SSV: Ona suti bilan emizish saratonning oldini oladi

SSV: Ona suti bilan emizish saratonning oldini oladi

Bola sog‘lom o‘sishiga ko‘p omillar ta’sir qiladi. Buning birinchi sharti esa ilk davrdanoq uni to‘g‘ri ovqatlanishidir. Go‘daklarni oziqlantirish usullaridan eng yaxshisi va xavfsizi esa – bu shubhasiz, ko‘krak suti hisoblanadi.

Ona suti chaqaloqlar uchun eng yaxshi ozuqa, u dastlabki olti oyda bola organizmini barcha kerakli ozuqa moddalari bilan to‘liq ta’minlab beradi. Har bir onaning suti aynan o‘z farzandining ehtiyojlariga mos keladi va barkamol rivojlanishi uchun zarur bo‘lgan moddalardan tarkib topadi.

– Bolani ko‘krak bilan emizish ona sog‘lig‘i uchun ham foydali: kamqonlikning oldi olinadi, ko‘krak bezi, hatto bachadon bo‘yi saratoni kasalliklarining paydo bo‘lish xavfini keskin kamaytirishi ilmiy jihatdan to‘la asoslangan, – deydi Sog‘liqni saqlash vazirligi bosh neonatologi, tibbiyot fanlari doktori Kamola SOLIHOVA. – Qolaversa, ko‘krak bilan muntazam emizish ona va bola o‘rtasida kuchli mehrli aloqani o‘rnatib, ham bola, ham onaning ruhiy-emosional holatiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi va go‘dakka himoyalanganlik, xotirjamlik bag‘ishlab, miriqib uxlashini ta’minlaydi. Ushbu jihatlar e’tiborga olinib, butun dunyoda Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti tashabbusi bilan bolani ko‘krak suti bilan oziqlantirish doimiy targ‘ib qilib kelinadi. Bu borada JSST tomonidan tegishli tavsiya va qo‘llanmalar ishlab chiqilib, undan tibbiyot tizimida samarali foydalanilayapti.

Aytish kerakki, chaqaloqlarni ko‘krak suti bilan oziqlantirish xalqimizning qadimiy va ezgu qadriyatidir. Mamlakatimizdagi birlamchi tibbiyot muassasalaridan tortib, tug‘ruq majmualarigacha bo‘lgan bo‘g‘inda ona va bolaga ixtisoslashgan tibbiy yordamni uzluksiz tashkil etishga alohida e’tibor qaratilayapti. Shuning uchun ham hozirda tug‘ruq majmualarida bola tug‘ilgan zahotiyoq onaga berilib, ko‘krak suti bilan oziqlantirish yo‘lga qo‘yilgan. Bolani ko‘krak bilan emizish 2 yoshgacha va undan ko‘proq vaqt davomida tavsiya etiladi.

Kiritildi: 07:30 06.09.2019. O'qildi: 2003 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!