Bugun 26 iyun, 2025 yil, payshanba

КИР

SSV: 30 yoshgacha doktorlik dissertasiyasini himoya qilgan yosh tibbiyot olimlariga 50 million so‘mdan pul mukofoti ajratildi

A A A
SSV: 30 yoshgacha doktorlik dissertasiyasini himoya qilgan yosh tibbiyot olimlariga 50 million so‘mdan pul mukofoti ajratildi

🔬 Ilm-fan yutuqlari har bir soha uchun muhim. Ayniqsa, sog‘liqni saqlash tizimida bunga ehtiyoj juda katta. Negaki, tibbiyot bo‘yicha ixtiro va kashfiyotlar insonlar hayotini asrab qolish, umrini uzaytirish va salomatligini tiklashga xizmat qilishi bilan ahamiyatli.

✅ Shu bois Sog‘liqni saqlash vaziri Amrillo Inoyatov bu yo‘nalishdagi ishlarni yangi bosqichga olib chiqish va soha olimlarini yanada qo‘llab-quvvatlash maqsadida tizimda 30 yoshgacha doktorlik dissertasiyasini himoya qilgan xalqaro talablarga mos, raqobatdosh yosh tibbiyot olimlarini taqdirlashga qaror qildi.

📌 Ular quyidagilar:

▶️ Muminov Davron Kadirovich — 1990 yilda tug‘ilgan. 2014 yili Toshkent tibbiyot akademiyasining bakalavriat, 2017 yili Toshkent pediatriya tibbiyot institutining magistratura yo‘nalishini tamomlagan. 2020 yilda tibbiyot fanlari bo‘yicha nomzodlik (PhD) va 2021 yilda doktorlik (DSc) dissertasiyasini himoya qilgan. Ayni paytda Toshkent pediatriya tibbiyot institutida dosent lavozimida faoliyat yuritmoqda.

▶️ Rashidov Rustam Abdurasul o‘g‘li — 1992 yilda tug‘ilgan. 2014 yili Toshkent tibbiyot akademiyasini bakalavriat, 2017 yili magistratura yo‘nalishi bo‘yicha tamomlagan. 2018-2021 yillar davomida “El-yurt umidi” jamg‘armasi stipendianti sifatida dunyodagi TOP 100 talik ro‘yxatga kirgan Janubiy Koreyaning Yonsey universitetida professor Lee Jae Hoon rahbarligida PhD dasturi bo‘yicha ta’lim olib qaytgan.

Prezidentimizning tegishli Farmoniga muvofiq, TOP 100 talik ro‘yxatdan joy olgan nufuzli xalqaro ta’lim muassasasini bitirganligi inobatga olinib, PhD diplomi Fan doktori diplomiga nostrifikasiya qilingan. R.Rashidov hozirgi kunda Toshkent davlat stomatologiya instituti dosenti lavozimida faoliyat yuritmoqda.

▶️ Xabilov Behzod Nigmon o‘g‘li — 1993 yilda stomatologiya yo‘nalishi bo‘yicha bakalavriat, 2018 yilda Toshkent davlat stomatologiya institutini magistratura yo‘nalishi bo‘yicha tamomlagan. 2020 yili tibbiyot fanlari bo‘yicha nomzodlik (PhD) va 2022 yilda doktorlik (DSc) dissertasiyasini himoya qilgan. Ayni kunda Toshkent davlat stomatologiya instituti Stomatologiya va yuz jarrohligi ilmiy-amaliy markazi direktorining o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritmoqda.

▶️ Tojiyev Feruz Ibodullayevich — 1992 yili tug‘ilgan. 2015 yilda stomatologiya yo‘nalishida bakalavriat, 2017 yilda bolalar stomatologiyasi yo‘nalishida klinik ordinaturani tamomlagan. 2021 yil tibbiyot fanlari bo‘yicha nomzodlik (PhD) hamda 2023 yilda doktorlik (DSc) dissertasiyasini himoya qilgan. Hozir Toshkent davlat stomatologiya institutida dosent lavozimida faoliyat yuritmoqda.

‼️ Vazir tizim faollari ishtirokida o‘tgan yig‘ilishda ushbu olimlar ilmiy faoliyatini e’tirof etib, ularning har biriga 50 million so‘mdan pul mukofoti ajratilishini ma’lum qildi.

Kiritildi: 15:05 21.07.2023. O'qildi: 1760 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!