✅ Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan hududiy boshqarmalar boshliqlarining raqamlashtirish yo‘nalishiga mas’ul bo‘lgan o‘rinbosarlarining yig‘ilishi o‘tkazildi.
📝 Ikki kun davom etgan tadbirning asosiy maqsadlari — 2025 yilda sohani raqamlashtirish yo‘nalishidagi ustuvor vazifalarni belgilab olish, shuningdek, mavjud muammolarni bartaraf etishga tizimli yondashish hamda hududlardagi barcha tibbiyot muasasalarida davlat tibbiy sug‘urtasi mexanizmlarini joriy etish. Ushbu yo‘nalishlar bo‘yicha har bir ishtirokchining taqdimoti o‘tkazildi.
💻 Bunda hududlarda amalga oshirilayotgan texnik xizmat ko‘rsatish ishlari sifatini yaxshilash, xodimlarning bilim va ko‘nikmalarini oshirish, axborot tizimlarining joylarda to‘liq ishlashini ta’minlash, muassasalarda malakali IT-mutaxassislarni munosib rag‘batlantirib borish mexanizmlariga alohida e’tibor qaratildi.
📌 Shuningdek, sohani raqamlashtirish va axborot tizimlari yagona kompleksini joriy etish, aholiga tibbiy xizmatlar ko‘rsatish qamrovini kengaytirish borasida olib borilayotgan islohotlar va zamonaviy axborot texnologiyalari bilan yaqindan tanishish maqsadida Yagona integrator — “UZINFOCOM” MCHJ binosida davra suhbati ham o‘tkazildi.
Sog‘liqni saqlash vazirligi
Matbuot xizmati.