Rossiya futbol ittifoqi raisi Vyacheslav Koloskov Rossi qachon xalqaro arenaga qaytishi mumkinligini aytdi.
Rossiya terma jamoalari va rus klublari 2022 yildan beri xalqaro musobaqalardan chetlatilgan.
"Qaytishimiz haqida pozitiv signallarni qayerdan olyapsiz? Men topa olmayapman.
Ha, tez orada diskvalifikasiya olinishi mumkinligi borasida belgilar bordir, ammo o‘zimizni tiyib turganimiz yaxshi. Siyosiy vaziyat o‘zgaryapti? Hech narsa o‘zgarmayapti - hammasi taxminlar xolos.
MXO ("maxsus xarbiy operasiya") davom etib, tinchlik bitimi imzolanmas ekan FIFA va UYEFA qarorlarida hech qanday o‘zgarish bo‘lmaydi.
Tinchlik bitimi imzolanishi bilanoq sanksiyalar olib tashlanmaydi. Bunga ikki yil kerak bo‘ladi. Bu haqiqiy raqamlar, qolganlari fantaziya xolos" - dedi RFI prezidenti.